Formula-1: Lando Norris Buyuk Britaniya Gran-prisida zafar quchdi
Northamptonshirdagi mashhur “Silverstone” avtodromida 2025-yilgi Formula-1 mavsumining 12-bosqichi — Buyuk Britaniya Gran-prisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda “McLaren” jamoasi a’zosi Lando Norris birinchi bo‘lib maraga yetib keldi va o‘zining ketma-ket muvaffaqiyatlarini yana bir g‘alaba bilan davom ettirdi. Uning jamoadoshi Oskar Piastri ikkinchi natijani qayd etdi.
Kutilmagan yangiliklardan biri — “Sauber” piloti Niko Hyulkenbergning uchinchi o‘rinni egallashi bo‘ldi. 37 yoshli nemis piloti uchun bu natija Formula-1dagi ilk podium hisoblanadi. U faoliyatidagi 239-GPda ushbu muvaffaqiyatga erishdi.
Buyuk Britaniya Gran-prisi – TOP-15 natija:
1. Lando Norris (“McLaren”)
2. Oskar Piastri (“McLaren”)
3. Niko Hyulkenberg (“Sauber”)
4. Lyuis Xemilton (“Ferrari”)
5. Maks Verstappen (“Red Bull”)
6. Pyer Gasli (“Alpine”)
7. Lans Stroll (“Aston Martin”)
8. Aleksandr Albon (“Williams”)
9. Fernando Alonso (“Aston Martin”)
10. Jorj Russell (“Mercedes”)
11. Oliver Berman (“Haas”)
12. Karlos Sainz (“Williams”)
13. Esteban Okon (“Haas”)
14. Sharl Lekler (“Ferrari”)
15. Yuki Tsunoda (“Red Bull”)
Poygada ishtirokini yakunlay olmaganlar:
Andrea Kimi Antonelli (“Mercedes”), Isak Hajjar (“Racing Bulls”), Gabriel Bortoletto (“Sauber”), Liam Lawson (“Racing Bulls”) va Franko Kolapinto (“Alpine”).