Firdavs Xudoyatov Milan-Kortina-2026 Paralimpiadasidagi ishtirokini yakunladi
Xudoyatov o'zining 2-startida 1:35.20 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Kortina-d'Ampetso shahridagi (Italiya) "Tofane Alpine Skiing Centre" sport majmuasida XIV qishki Paralimpiya o'yinlari doirasida para tog' chang'isi bo'yicha erkaklar o'rtasidagi gigant slalom bahslariga yakun yasaldi.
Bellashuvlarda ishtirok etgan 21 yoshli yurtdoshimiz Firdavs Xudoyatov o'zining 2-startida 1:35.20 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.
Ma'lumot uchun, Firdavs Xudoyatov gigant-slalom dasturi bo'yicha 1-stratini amalga oshirdi. Sportchimiz o'zining ilk chiqishida 1:32.12 soniya natija qayd etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist