Figurali uchish. ISU talqiniga ko’ra terma jamoamiz a’zolari “Eng yaxshi debyutant” nominatsiyasi g’olibiga aylandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Google
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) joriy mavsum yakuni boʻyicha eng yaxshilarni eʼlon qildi. E’tiborlisi, figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi “Eng yaxshi debyutanti” nominatsiyasida gʻoliblikni qo’lga kiritdi.

Vakillarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishdi. Shunga qaramay, Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor boʻlishdi.
Shuningdek, Boston shahrida oʻtgan jahon chempionatida kuchli oʻnlikdan joy olib, Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor