locale OZ

FIDE reytingi yangilandi: Sindorov o‘rnini saqlab qoldi, Abdusattorov esa bir pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekistonning ikki grossmeysteri dunyoning eng kuchli o‘n nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE reytingi yangilandi: Sindorov o‘rnini saqlab qoldi, Abdusattorov esa bir pog‘ona yuqoriladi
Foto: Getty Images

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE 2026-yil sentabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. O‘zbekistonning ikki grossmeysteri dunyoning eng kuchli o‘n nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi. Javohir Sindorov 2778 reyting ochkosi bilan 4-o‘rinni saqlab qoldi. U avgust oyiga nisbatan yana bir reyting ochkosi qo‘shib oldi.

Nodirbek Abdusattorov esa 2762 ochko bilan bir pog‘ona yuqorilab, jahon reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi. Reytingning kuchli uchligini Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana tashkil etdi. Karlsen 2823 ochko bilan yetakchilikni davom ettirmoqda, Nakamura 2792 ochko bilan ikkinchi, Karuana esa 2789 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

O‘zbekistonning yana uch grossmeysteri ham kuchli yuztalikdan joy oldi. Nodirbek Yoqubboyev 2685 ochko bilan 39-o‘rinni saqlab qoldi. Sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov 2665 ochko bilan 52-o‘rindan 47-o‘ringa ko‘tarildi. Shamsiddin Vohidov esa 2654 ochko bilan 61-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning yetakchi shaxmatchilari va milliy terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi ham olimpiadada yuqori natijalar uchun kurash olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting