locale OZ

FIDE Jahon kubogining eng yosh chempioni Javohir Sindorov tantanali kutib olindi

Tadbir davomida shaxmatchimizga Prezident sovgʻasi – 3 xonali uy va pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE Jahon kubogining eng yosh chempioni Javohir Sindorov tantanali kutib olindi
Фото: Olympic.uz

Hindistonda oʻtgan shaxmat boʻyicha FIDE Jahon kubogida gʻalaba qozongan hamyurtimiz Javohir Sindorov poytaxtimizga qaytib keldi. Grossmeysterimizni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi Sport vazirligi, MOQ, Yoshlar ishlari agentligi va mamlakat shaxmat federatsiyasi rahbariyati, katta sport jamoatchiligi tantanali kutib oldi.

Rasmiylar Javohirning yuksak muvaffaqiyati mamlakatimiz shaxmat maktabining nufuzi va xalqaro maydondagi oʻrnini yanada yuksaltirganini ta’kidlab, unga jahon toji uchun kechadigan turnirda ham omad tilashdi.

Shuningdek, Bosh vazir Javohir Sindorovni “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni bilan taqdirlash haqidagi Prezident Farmonini oʻqib eshittirdi. Tadbir davomida shaxmatchimizga Prezident sovgʻasi – 3 xonali uy va pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Oʻz navbatida, Sindorov kelgusida ushbu natija bilan toʻxtab qolmay, yangi marralarni zabt etishga bel bogʻlaganini ta’kidladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting