locale OZ

FIDE Jahon Kubogi formatida o‘zgarishlar ro'y berdi

Turnir 19 kun davom etadi va ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE Jahon Kubogi formatida o‘zgarishlar ro'y berdi
photo: Chess Uzbekistan

FIDE 2027-yildan boshlab Jahon Kubogi va Ayollar o‘rtasidagi Jahon Kubogi formatini o‘zgartirmoqda. Turnir 19 kun davom etadi va ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: Shveytsarcha saralash (5 kun) Bahslar Tezkor klassik (45+30) vaqt nazoratida o‘tadi.

Open guruhi: Ishtirokchilar 4 ta guruhga bo‘linadi. Har bir guruhdan eng kuchli 4 nafar o‘yinchi pley-offga chiqadi (jami 16 nafar).
Ayollar: Ishtirokchilar 2 ta guruhga bo‘linadi. Har biridan eng kuchli 8 nafar o‘yinchi keyingi bosqichga chiqadi (jami 16 nafar).

2-bosqich: Nokaut finallari Saralangan 16 nafar shaxmatchi an’anaviy pley-off (nokaut) tizimida kurashadi. Nimchorak finaldan boshlab barcha o‘yinlar klassik vaqt nazorati ostida o‘tkaziladi.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 63 kun qoldi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting