locale OZ

FIDE Circuit 2025 – 2-may holati bo‘yicha reytinglar yangilandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE Circuit 2025 – 2-may holati bo‘yicha reytinglar yangilandi
Photo: gettyimages

Hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa 44.50 ochko bilan jadvalda 1-o‘rinda bormoqda. Undan keyin 40.64 ochko bilan Ding Liren va 29.05 ochko bilan Vladimir Fedoseev joylashgan.

Kuchli o‘ntalikda shuningdek Vasiliy Ivanchuk, Aravindh Chithambaram va Gukesh D kabi shaxmatchilar ham bor.

🇺🇿O‘zbekistonlik shaxmatchilarning o'rinlari:

11-o‘rinda — Nodirbek Abdusattorov (18.42)
17-o‘rinda — Nodirbek Yoqubboyev (14.50)
18-o‘rinda — Muhiddin Madaminov (14.22)

Eslatib o‘tamiz, FIDE Circuit reytingi yil davomida o‘tkaziladigan yirik turnirlar asosida shakllanadi. Mavsum yakunida eng ko‘p ochko jamg‘argan shaxmatchi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting