locale OZ

FIA Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarga rasman start berildi

Turli yoʻnalishlarda faollik koʻrsatgan jamoalar hamda tashkilotlarni taqdirladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIA Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarga rasman start berildi
Фото: Olympic.uz

“Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida FIA Bosh Assambleya haftaligining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulayem, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, shuningdek, xalqaro tashkilot tarkibiga kiruvchi barcha yoʻnalishlarning mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan soʻz olgan Sport vaziri Adham Ikramov barcha mehmonlarni qutlab, yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtaldi.

Shuningdek, janob Ben Sulayem Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor oʻtkazilayotgan avtosport olamidagi mazkur tadbirning ahamiyati haqida gapirdi va yil davomida turli yoʻnalishlarda faollik koʻrsatgan jamoalar hamda tashkilotlarni taqdirladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting