Fazliddin Erkinboyev Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Yaponiyada Osiyo oʻyinlari davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Oʻzbekiston delegatsiyasi Osiyo oʻyinlarida yana bir medalni qoʻlga kiritdi.
Boks boʻyicha terma jamoamiz aʼzosi Fazliddin Erkinboyev -80 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.
Hamyurtimiz yarim final bosqichida Hindiston vakili Ankushga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz kechgan bahsda Erkinboyev raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Ayni vaqtda Oʻzbekiston 13 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza – jami 43 ta medal bilan umumiy reytingda toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.