Farg‘onalik sportchi va murabbiylarlar taqdirlandi
Farg‘onalik sportchilarga bayram oldidan sovg‘alar taqdim etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg‘ona viloyat Sport boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan dzyudochilar hamda ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Nodirbek Hakimov va federatsiya ijrochi direktori Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etib, viloyatda dzyudo sportini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi murabbiylar hamda xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini muosib himoya qilib kelayotgan farg‘onalik sportchilarga bayram oldidan sovg‘alar taqdim etishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist