Farg'onada yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Mazkur maydoncha "Tashabbusli sport" loyihasida g'olib deb topilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani Yulg'unzor mahallasidagi 38-maktab hududida street-workout sport maydonchasi keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.
Sport sohasi mas'ullari, nuroniylar va faollar qatnashgan tantanali ochilish marosimida Uchko'prik tumani hokimi o'rinbosari Shuhrat Pozilov so'zga chiqib, barchani yangi sport maydonchasi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Ma'lumot uchun, mazkur maydoncha "Tashabbusli sport" loyihasida g'olib deb topilgan. Sport maydonchada yoshlar va fuqarolarning sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist