Farg‘onada «Besh tashabbus olimpiadasi» festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha bahslar o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘ida “Besh tashabbus olimpiadasi” festivalining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Maripov, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mo‘minov, keng jamoatchilik vakillari va farg‘onalik yoshlar ishtirok etdi.
“Besh tashabbus” olimpiadasi tadbirlariga yana-da ko‘proq yoshlarni jalb etish uchun muhim targ‘ibot tadbiri vazifasini o‘tadi.
Shundan so‘ng madaniy-ma’rifiy dasturlar, kitobxonlik, osh musobaqasi, “Zakovot” intellektual bellashuvi, shaxmat, shashka, vorkaut, arqon tortish va armrestling bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist