Farg‘ona shahrida Grand Prix Fergana va Grand Prix Fergana Ladies yakunlandi
Farg‘ona shahridagi Istiqlol stadionida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqaning yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ayollar o‘rtasida (2-bosqich natijalari):
1-o‘rin
Qozog‘iston milliy terma jamoasi a’zosi
Rinata Sultanova
Natija: 02:22:40
2-o‘rin
Xitoy davlatining XDS China Women Team jamoasi a’zosi
Haixin Dong
Natija: 02:23:09
3-o‘rin
Indoneziya milliy terma jamoasi a’zosi
Ayustina Delia Priatna
Natija: 02:23:09
Erkaklar o‘rtasida (2-kun natijalari):
1-o‘rin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Nikita Svetkov
Natija: 3:25:41
2-o‘rin
Malayziyaning Terrengganu Cycling Team jamoasi a’zosi
Xuan Pedro Lozano
Natija: 3:25:42
3-o‘rin
Xitoyning LI NING STAR jamoasi a’zosi
Roman Tishkou
Natija: 3:25:42
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.