locale OZ

F1. Maks Verstappen «Red Bull»ni tark etish huquqini qo'lga kiritdi

Yozgi tanaffusgacha yana ikki bosqich qolgan bir paytda, Maks 76 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
F1. Maks Verstappen «Red Bull»ni tark etish huquqini qo'lga kiritdi
photo: gettyimages

Maks Verstappen Buyuk Britaniya Gran-prisidan so‘ng «Red Bull»ni tark etish huquqini rasman qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda GPblog.

Manbaga ko‘ra, uning shartnomasida yozgi tanaffusga qadar Formula-1 haydovchilar chempionatining umumiy hisobida kuchli ikki talikdan joy ololmasa, shartnomani bekor qilish imkonini beruvchi band mavjud.

Yozgi tanaffusgacha yana ikki bosqich qolgan bir paytda, Maks 76 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Shu sababli u belgilangan muddat ichida kuchli ikki talikka ko‘tarila olmaydi.

Natijada, Verstappen endi «Red Bull» bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish huquqidan foydalanishi mumkin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting