Eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashishadi
Bellashuvlarda jami 23 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
24-26-aprel kunlari Xitoyning Xefey shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning eng kuchli eshkak eshuvchilari jam boʻladigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.
Ayni paytda sportchilarimiz Xefey shahriga yetib borishdi va musobaqa oldidan soʻnggi tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda. Bellashuvlarda jami 23 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist