Ertadan Islom birdamlik o‘yinlarida kurash bellashuvlari start oladi
O‘yinlarning rasmiy ochilish marosimi 7-noyabr, yopilish marosimi esa 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Xabaringiz bor, joriy yilning 6–21-noyabr kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom davlatlarining eng yirik sport forumi — 6-Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqa 20 yildan keyin yana Saudiya Arabistonida tashkil etilmoqda. Ilk bor o‘yinlar 2005 yilda Jidda, Madina, Makka va Toif shaharlarida bo‘lib o‘tgan edi.
Bu yil kurash sport turi tarixda birinchi bor Islom birdamlik o‘yinlarining dasturiga namoyish sporti sifatida kiritildi. Bellashuvlarda erkaklar: –66 kg, –81 kg va ayollar: –57 kg, –70 kg vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi.
O‘yinlarning rasmiy ochilish marosimi 7-noyabr, yopilish marosimi esa 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist