Eron Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati O‘zbekistonda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Bugun, 8-iyun kuni Eron Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi G‘afur Karegari hamda qo‘mita rahbariyati vakillari — Said Solgi va Hasan Solgi amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Martabali mehmonlarni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib oldi.
Dastlab, bugungi kun dasturiga ko‘ra mehmonlar qurilish ishlari yakuniga yetib borayotgan "Olimpiya shaharchasi"ga borib, sport inshootlari, mehmonxona va yotoqxonalar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar olishdi.
Shundan keyin Eron Paralimpiya qo‘mitasi delegatsiyasi poytaxtimizdagi "Hastimom" madrasasida bo‘lib, joriy manzilni ziyorat qildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor