Erkin kurashchilarimiz Turkiyada jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi Kastamonuda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Kastamonu shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. 6-avgust kuni start olgan yig‘in kelasi oy bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan tayyorgarlikning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Mashg‘ulotlarda terma jamoamizning 15 nafar a’zosi qatnashmoqda. Yig‘inda sportchilarimiz bilan bir qatorda boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan kurashchilar ham ishtirok etmoqda. Rejaga ko‘ra, tayyorgarlik jarayoni 27-avgustgacha davom etadi.
Bakradze Iman
Redaktor