locale OZ

Erkin kurash. Aytjan Xalmaxanov yosh sportchilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

Shuningdek, u yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, sportda intizom, tinmay mehnat qilish va qat’iyatning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erkin kurash. Aytjan Xalmaxanov yosh sportchilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi
photo: Kurash Uzbekistan

Nurafshon shahar sport maktabi tashabbusi bilan shahar 4-maktabining sport zalida mashhur sportchi Aytjan Xalmaxanov ishtirokida yosh sportchilar uchun qiziqarli va foydali “master-klass” tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida Aytjan Xalmaxanov o‘quvchilarga turli texnik harakatlar, to‘g‘ri mashg‘ulot usullari hamda professional sportchi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni amaliy tarzda namoyish etdi.

Shuningdek, u yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, sportda intizom, tinmay mehnat qilish va qat’iyatning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu mahorat darsi ishtirokchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting