Dzyudochilarimiz Jahon chempionatida ishtirokini boshlaydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
13 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionatiga start beriladi. Unda 93 davlatdan 550 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham musobaqada munosib ishtirok etish va medallar uchun kurashish maqsadida tatamiga chiqishadi.
Ta’kidlash joizki, musobaqaning birinchi kuni eng yengil vazn toifalaridagi bellashuvlar bilan boshlanadi. Quyidagi hamyurtlarimiz musobaqani boshlab berishadi:
• -60 kg: Bahrom Boturov – Ariunbold Enkhtayvan (Mo‘g‘uliston) / Maksimilian Xayder (Germaniya)
• -48 kg: Laziza Haydarova – Shirin Bukli (Fransiya)
• -48 kg: Halima Qurbonova – Vong Li (Gonkong) / Lui Petit (Belgiya)
O‘z dzyudochilarimizga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Redaktor