locale OZ

Dzyudochilarimiz Cadet European Cup 2026 turnirida 12 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Bu bilan medallar jamg‘arish reytingida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudochilarimiz Cadet European Cup 2026 turnirida 12 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Фото: Olympic.uz

Ikki kun davomida Turkiyaning Antaliya shahri kadetlar o‘rtasidagi Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniriga mezbonlik qildi.

Musobaqada to‘liq tarkibda ishtirok etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yakunda 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritdi.

Bu bilan kadetlarimiz medallar jamg‘arish reytingida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etishdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: Charos Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov

Kumush medallar
-55 kg: Shohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
+90 kg: Alibek Durdiyev

Bronza medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting