Dzyudochi oʻsmirlarimiz European Cup turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Ertaga Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida kadetlar oʻrtasida Yevropa Ochiq chempionati boshlanadi.
Tbilisi Millennium Team Cadet European Cup 2025 turnirida 3 qitʼaning 15 davlatidan jami 340 (208 oʻsmir, 132 qiz) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi. Ular orasida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.
Biroz avval musobaqaga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazilib, ruminiyalik mutaxassis Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi.
Qurʼa natijalari:
Oʻsmirlar
-50 kg: Sardor Yodgorov — Arsen Dvalishvili (Gruziya)
-55 kg: Hushnudbek Burxonov — Yaniv Kuznetsov (Isroil)
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov — Rabadan Israilov (IJF)
-60 kg: Dilshod Karimov — Tamaz Kotolashvili (Gruziya)/David Ramonov (IJF)
-66 kg: Sanjarbek Ashurov — Panagiotis Dimitrakas (Gretsiya)
-73 kg: Saʼdulla Ravshanov — Tal Brujaniskiy (Isroil)
-81 kg: Inomjon Bahodirov — Timur Aliyev (Ozarbayjon)
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov — Giorgi Zeledashvili (Gruziya)/Sergey Zakaryan (Armaniston)
+90 kg: Alibek Durdiyev — Luka Gagnidze (Gruziya)
+90 kg: Kamol Xursanov — Bidzina Kldiashvili (Gruziya)
Qizlar
-40 kg: Alina Kolyucheva — Emiliya Sayfutdinova (IJF)
-44 kg: Dinora Hasanova — Hadija Abdullayeva (Ozarbayjon)
-48 kg: Nargiza Doʻstmamatova — Karina Xuranova (IJF)/Esmaxan Dalakchi (Turkiya)
-52 kg: Zuhra Alimova — Maryam Bendeliani (Gruziya)
-57 kg: Maftuna Ahmedova — Maryam Xorbaladze (Gruziya)
-63 kg: Zuhrajon Umarova — Liza Davadze (Gruziya)
-70 kg: Intizor Uzakbayeva — Rena Ahmadova (Ozarbayjon)/Tamara Oskolkovi (Gruziya)
+70 kg: Umida Nigʻmatova — Nia Kapianidze (Gruziya)
+70 kg: Zarina Bobonazarova — Radhika Radhika (Hindiston)