Dzyudo. Yevropa Kubogi. Beshta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik
Sloveniya poytaxti Lyublyana shahri mezbonlik qilgan Yevropa Kubogi yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Sloveniya poytaxti Lyublyana shahri mezbonlik qilgan Yevropa Kubogi yakunlandi.
Nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni dzyudochilarimizdan Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Tangriyev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Shu tariqa, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yevropa Kubogini 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 44 davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi.
Birinchi kungi bellashuvlarda Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va Dilshod Hamroyev (-66 kg) chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Elbek Tojiyev (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlangandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor