Dzyudo. Yetakchi dzyudochilarimiz talabalar bilan uchrashishdi
Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun ochiq muloqot hamda motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun ochiq muloqot hamda motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Unda Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari, jahon chempionlari Davlat Bobonov, Muzaffarek To‘raboyev hamda terma jamoamizning yana ikki sovrindor vakili Murodjon Yo‘ldoshev va Shahram Ahadov mehmon bo‘ldi.
Uchrashuv davomida dzyudochilarimiz o‘zlarining sportdagi yo‘li, erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatga erishishdagi mehnat va intizom haqida so‘zlab berdilar. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor