Dzyudo. Yangilangan jahon reytingida ikki dzyudochimiz Top-10'talikda qayd etildi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri yakunlari bo‘yicha jahon reytingi yangilandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri yakunlari bo‘yicha jahon reytingi yangilandi.
Unda Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirida g‘olib va sovrindor bo‘lgan dzyudochilarimiz reytingdagi o‘rinlari birmuncha yaxshilab olishdi. Faoliyatida ilk bor Grand Slam chempioni bo‘lgan Shukurjon Aminova qo‘lga kiritilgan 1000 reyting ochkosi evaziga 15-pog‘onadan 8-o‘ringa ko‘tarildi.
Shahram Ahadov, Alisher Yusupov va Umar Bozorov 3, Murodjon Yo‘ldoshev 10, Ernazar Sarsenbayev 14, Muzaffarbek To‘raboyev va Laziza Haydarova 4, Ulbusin Hakimova 8, So‘g‘diyona Rafkatova 18, Umida Nig‘matova 27, Fotima Kuramboyeva 24 o‘ringa ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor