locale OZ

Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

O‘z vazn toifalarida Abdurahim Nutfulloyev, Muso Sobirov, Fazliddin Rafiqov va So‘g‘diyona Rafkatova chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Uzbekistan Judo Tour musobaqasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqasining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur nufuzli sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport sohasini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda milliy sport turlarining ommaviyligini oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Terma jamoaga nomzod ko‘plab dzyudochilarni jamlay olgan Qarshidagi katta dzyudo bayram yuqori saviyada tashkil etildi. Arenaga kelgan muxlislar dzyudo ustalarining mahoratidan bahramand bo‘lishdi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mdan iborat bo‘lib, chempionlar medal va diplomdan tashqari 22 million, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari esa 7 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

O‘z vazn toifalarida Abdurahim Nutfulloyev, Muso Sobirov, Fazliddin Rafiqov va So‘g‘diyona Rafkatova chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi.

G‘olib va sovrindorlar:

-73 kg vazn toifasi
1. Abdurahim Nutfulloyev (Toshkent viloyati)
2. Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (Surxondaryo)
3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)
3. Javohirbek Saparov (Toshkent viloyati)

-90 kg vazn toifasi
1. Muso Sobirov (Xorazm)
2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)
3. Ramazon Allaberdiyev (Toshkent shahri)
3. Sherbek Rashidov (Qashqadaryo)

+90 kg vazn toifasi
1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
2. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)
3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent viloyati)
3. Muhammadali Tangriyev (Toshkent viloyati)

-52 kg vazn toifasi
1. So‘g‘diyona Rafkatova (Xorazm)
2. Sevinch Murodova (Jizzax)
3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
3. Halimajon Qurbonova (Xorazm)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting