Dzyudo. U 23 O‘zbekiston chempionatining birinchi kun g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning birinchi kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida -60, -66, -73 kg, qizlarda -48 kg, -52 va -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. So‘nggi paytlarda jizzaxlik dzyudochi qizlarning shohsupaga ko‘tarilayotgani tahsinga loyiq. Ilk kungi bellashuvlarda Jizzax viloyat terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun O`zbekiston chempionatining ikkinchi kuni o`rta va og`ir vazn toifalarida bellasuvlar tashkil etiladi.
Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-60 kg vazn toifasi (74 ishtirokchi)
1. Shohjahon Davlatov (Toshkent shahri)
2. Muhammadjon Masharipov (Xorazm)
3. Abdurahmon Sa’dullayev (Toshkent shahri)
3. Hasan Boynazarov (Surxondaryo)
-66 kg vazn toifasi (82 ishtirokchi)
1. Ismoil Nishonboyev (Toshkent viloyati)
2. Shohruh Ibadullayev (Xorazm)
3. Murodil Murodullayev (Toshkent shahri)
3. Muhammad Ergashev (Toshkent shahri)
-73 kg vazn toifasi (78 ishtirokchi)
1. Bunyod Safarov (Toshkent viloyati)
2. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)
3. Nizomaddinxo‘ja Toshpo‘latov (Surxondaryo)
3. Umrzoq Qurbonmurotov (Toshkent shahri)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi (34 ishtirokchi)
1. Saodat Qoraboyeva (Jizzax)
2. Sevinch Isroilova (Jizzax)
3. Jasmina Tojaliyeva (Toshkent viloyati)
3. Mubinabonu Valijonova (Andijon)
-52 kg vazn toifasi (25 ishtirokchi)
1. Nigina Umirzoqova (Samarqand)
2. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
3. Sevinch Murodova (Jizzax)
3. Nargiza Do‘stmamatova (Qashqadaryo)
-57 kg vazn toifasi (14 ishtirokchi)
1. Rayhona Mamatova (Jizzax)
2. Ramajon Saparova (Xorazm)
3. Sarvinoz Rustamjonova (Namangan)
3. Aqerke Sagindikova (Toshkent viloyati)