locale OZ

Dzyudo. Toshkent viloyati dzyudochilari O‘zbekiston Kubogi sohibi!

Ikki kun davomida Jizzax shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga mezbonlik qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Toshkent viloyati dzyudochilari O‘zbekiston Kubogi sohibi!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ikki kun davomida Jizzax shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga mezbonlik qildi.

Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan jami 518 nafar (379 erkak, 139 ayol) dzyudochi 14 ta (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) vazn toifasida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqdi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand viloyati terma jamoasi ham 3 ta oltin medalga ega chiqdi, ammo ular kumush va bronza (1 ta kumush, 1 ta bronza) medallar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rindan joy olishdi. Kuchli uchlikka 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan xorazmlik dzyudochilar yakun yasashdi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Kubogining hududiy 14 ishtirokchisidan 13 tasi kamida bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sakkiz viloyat jamoalari safida kamida bir nafardan chempion bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting