locale OZ

Dzyudo. Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri: qiziqarli faktlar

Ushbu muvaffaqiyati bilan Sh. Aminova -57 kg vazn toifasida jahon reytingining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri: qiziqarli faktlar
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan yakunladi;

Shukurjon Aminova dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2026-yil “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi ilk oltin medalni keltirdi;

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida so‘nggi bor 2025-yil 25-iyul kuni Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) oltin medalga ega chiqqan edi. Ushbu medal muallifi – Abdurahim Nutfulloev (-66 kg).

O‘zbekistonlik ayol dzyudochilar orasida “Katta dubulg‘a” tasnifida so‘nggi oltin medal 2024-yil 16-fevral kuni Boku (Ozarbayjon) turnirida qayd etilgan. Ushbu medal muallifi – Diyora Keldiyorova (-52 kg);

Shukurjon Aminova Diyora Keldiyorovadan keyin “Katta dubulg‘a” turnirlarida oltin medal qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘zbekistonlik ayol dzyudochi bo‘ldi;

Ushbu muvaffaqiyati bilan Sh. Aminova -57 kg vazn toifasida jahon reytingining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting