Dzyudo. Terma jamoamiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Avval saytimiz orqali xabar beriganimizdek, 25-28-aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.
Dastlabki uch kun yakkalik, soʻnggi kun esa jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi. Biroz avval O'zbekiston terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroporti orqali to'liq tarkibda Tailandga yo'l oldi. Dzyudochilarimizga qit'a chempionatida zafar yor bo'lsin.

Ushbu xalqaro chempionat haqidagi eng muhim va qiziqarli xabarlarni sports24.uz saytimiz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor