locale OZ

Dzyudo. Terma jamoamiz dzyudo vatani Yaponiyaga yetib bordi

Yaponiyadagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʼtab beradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Terma jamoamiz dzyudo vatani Yaponiyaga yetib bordi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Oʼzbekiston erkaklar terma jamoasi 11-30 yanvar kunlari oraligʼida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etiladigan xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼinida ishtirok etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Аleksey Budolin boshchiligida dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtga yetib borishdi. Reja boʼyicha 11-18 yanvar kunlari Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokayi, 24-30 yanvar kunlari oraligʼida esa Nihon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida mashgʼulotlar oʼtkaziladi.

Yaponiyadagi oʼquv-mashgʼulot yigʼini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʼtab beradi.

Yaponiya yigʼinida ishtirok etadigan tarkib:

-60 kg: Bahrom Boturov, Samariddin Qoʼchqorov
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov, Аbdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Shahram Аhadov
-81 kg: Аrslon Tojiyev
-90 kg: Davlat Bobonov, Shahzodxoʼja Sharipov, Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Аlisher Yusupov

Bosh murabbiy - Аleksey Budolin

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting