Dzyudo. Qizlarimiz Saudiyadagi musobaqada 10 ta medal qo‘lga kiritishdi, 8 tasi oltin
Poytaxt Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi tomonidan klublar o‘rtasida "Qirollik Ochiq chempionati" o‘tkazildi.
Unda Jamshid Xudoyberganov murabbiyligidagi ayollar terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda qizlarimiz jami 10 ta medal (8 ta oltin, 2 ta kumush) qo‘lga kiritishdi.
Quvonarlisi, musobaqada qatnashgan qizlarimizning bari shohsupaga ko‘tarilgan.
G‘olib va sovrindorlarimiz (Yoshlar)
Oltin medallar
-48 kg: Mahfira Ro‘ziboyeva
-57 kg: Mohinur Allabergenova
-70 kg: Nigina Saparbayeva
-78 kg: Shoira Aminova
Kumush medal
-63 kg: Gulg‘uncha Ko‘klamova
G‘olib va sovrindorlarimiz (Kattalar)
Oltin medallar
-48 kg: Xalima Qurbonova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Shoxista Nazarova
+78 kg: Fotima Kuranbayeva
Kumush medal
-70 kg: Farangiz Xajiyeva