Dzyudo. Qingdao Grand Prix 2025 turniriga qur’a tashlandi
Ahadov ham, Yusupov ham o‘z ishtiroklarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
Shahram Ahadov va Olimpiya o‘yinlari sovrindori Alisher Yusupov ertaga Xitoyning Sindao shahrida boshlanadigan Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqadagi raqiblarini bilib olishdi.
Qingdao Grand Prix 2025 qur’asiga ko‘ra, Ahadov ham, Yusupov ham o‘z ishtiroklarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlashadi. Romitanlik dzyudochimiz xitoylik Zuo Isyuan hamda turkiyalik Bilal Chiloglu bellashuvi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi. Yusupov esa Yang Hao-Ting (Xitoy Taypeyi) yoki Li Hay Yang (Xitoy) bilan to‘qnash keladi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-73 kg: Shahram Ahadov – Zuo Isyuan (Xitoy)/ Bilal Chiloglu (Turkiya)
+100 kg: Alisher Yusupov – Yang Hao-Ting (Xitoy Taypeyi)/ Li Hay Yang (Xitoy)
Ibrohim Jalolov
Redaktor