locale OZ

Dzyudo. Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlandi

Ostona shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi yana bir nufuzli musobaqa boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ertaga Ostona shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi yana bir nufuzli musobaqa boshlanadi.

Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turniriga rasmiy qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilar ilk raqiblarini bilib olishdi.

Tadbirda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) sport direktori Vladimir Barta, IJF Hakamlik korpusi direktori Raul Kamacho Peres, IJF Ta’lim direktori Daniel Laskau, Qozog‘iston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Timur Bolat, Federatsiya vitse-prezidentlari Yerjan Zaydinov va Asxat Jitkeyev ishtirok etdi.

Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turnirida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi va quyida qur’a natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Dzyudochilarimiz uchun qur'a natijalari:

-48 kg: Sevinch Murodova - Kristina Dudina (Rossiya)

-48 kg: Fotima Tursunboyeva - Sabina Zelejki (Vengriya)

-52 kg: Umida Jumaniyazova - Gabriyela Konseysao (Braziliya)

-63 kg: Sevinch Isoqova - Ganhayh Bolt (Mo'g'uliston)

+78 kg: Durdona Nizomiddinova - Jiovanna Santos (Braziliya)

Erkaklar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Shokir Gayubov (Tojikiston)

-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev - Erhembayar Battogtoh (Mo'g'uliston)

-66 kg: Anvar Ibrohimov - Devid Ikkes (Germaniya)

-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov - Aaron Szabo (Vengriya)

-73 kg: Hojiakbar Toshev - Angsarbek Gaynullin (Qozog'iston)

-90 kg: Ramazon Allaberganov - Eniel Karoli (Fransiya)

-100 kg: To‘lqin Turdiyev - Nikola Pavlovsiky (Makedoniya).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting