Dzyudo. O'zbekiston terma jamoasining Yaponiyadagi mashg'ulotlari boshlandi
Dzyudochilarimizning Kunchiqar yurtdagi ilk mashg‘uloti ochiq osmon ostida, toza havoda bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Dzyudochilarimizning Yaponiyadagi mashg‘uloti boshlandi.
Xabar berganimizdek, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida Yaponiya davlatiga yetib borgandi.
Dzyudochilarimizning Kunchiqar yurtdagi ilk mashg‘uloti ochiq osmon ostida, toza havoda bo‘lib o‘tdi. Reja bo‘yicha terma jamoamiz Tokiodagi uchta universitet qoshidagi dzyudo markazlarida mashg‘ulot o‘tkazishadi. Ushbu yig‘in 30 yanvarga qadar davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor