locale OZ

Dzyudo. O‘zbekiston Kubogining birinchi kuni 5 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. O‘zbekiston Kubogining birinchi kuni 5 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston Kubogining birinchi kuni 5 ta vaznda g‘oliblar aniqlandi.

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilayotgan musobaqaning ilk kuni o‘smirlar o‘rtasida -50, -55, -60 kg, qizlarda esa -40, -44 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyati hamda Toshkent shahri vakillari o‘z vaznlarida O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishdi.

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-50 kg vazn toifasi
1. Shuhrat Muhammedxonov (Toshkent viloyati)
2. Bekzod Xolmurodov (Surxondaryo)
3. Boyomon Mashrabov (Toshkent shahri)
3. Sayan Alibekov (Toshkent viloyati)

-55 kg vazn toifasi
1. Sherzod Shomurodov (Buxoro)
2. Sarvar Yo‘ldoshev (Xorazm)
3. Ahrorjon Esonboyev (Toshkent viloyati)
3. Firdavs To‘ychiyev (Toshkent viloyati)

-60 kg vazn toifasi
1. Sharofiddin Rahmonov (Toshkent shahri)
2. Rishod Ro‘zimamatov (Toshkent viloyati)
3. Abdulaziz Yusupov (Toshkent shahri)
3. Jasur Qahramonov (Navoiy)

QIZLAR
-40 kg vazn toifasi
1. Sarvinoz Normuratova (Samarqand)
2. E’zoza Asilova (Jizzax)
3. Kumush Narbayeva (Sirdaryo)
3. Farangiz Baxtiyorova (Surxondaryo)

-44 kg vazn toifasi
1. Sitora G‘aniyeva (Jizzax)
2. Xursanoy Toshpo‘latova (Toshkent viloyati)
3. Zuhro Hikmatullayeva (Buxoro)
3. Mashhura Ataxanova (Xorazm)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting