Dzyudo. O`zbekiston kadetlar terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi
Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi mashg‘ulotlar intensiv rejimda - kuniga ikki mahaldan tashkil etilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
O`zbekiston kadetlar terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi poytaxtda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi zalida tashkil etilayotgan ushbu mashg‘ulotlar terma jamoamiz uchun Germaniyada o‘tkaziladigan Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniriga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligidagi mashg‘ulotlar intensiv rejimda - kuniga ikki mahaldan tashkil etilmoqda hamda funksional tayyorgarlikni oshirish va musobaqa elementlarini mashq qilishga e’tibor qaratgan holda tashkil etilgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor