locale OZ

Dzyudo. OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning bu yilgi mavsum taqvimidan o‘rin olgan hisob bo‘yicha ikkinchi musobaqasiga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning bu yilgi mavsum taqvimidan o‘rin olgan hisob bo‘yicha ikkinchi musobaqasiga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.

27 fevral - 1 mart kunlari oralig‘ida dunyo dzyudosi yulduzlari Toshkentda “Katta Dubulg‘a” turniri medallari va jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqishadi. Bu yil Tashkent Grand Slam turniri beshinchi bor tashkil etiladi.

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda IJF yetakchi mutaxassisi Abdulla Murodov ham ishtirok etdi. Mas’ullar musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan axborot berishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting