Dzyudo. OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga oz qolmoqda
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
IJF yetakchi mutaxassisi Abdulla Murodov boshchiligida o'tgan yig'ilishda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik, ishtirokchilarni kutib olish va joylashtirish, turnirni yuqorida saviyada o‘tkazish, mashg‘ulot zallarini hozirlash, transport-logistikasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turnirini yoritish istagida bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun akkreditatsiya jarayoni IJF saytida davom etmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor