Dzyudo. O’smirlarimiz yevropa kubogiga Denovda tayyorgarlik ko’rmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi navbatdagi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Surxondaryo viloyatida oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etmoqda.
Ushbu yigʻin 12-13-aprel kunlari Gruziya poytaxi Tbilisi shahri mezbonlik qiladigan kadetlar oʻrtasidagi European Cup 2025 turniriga tayyorgarlik vazifasini oʻtab bermoqda.
Musobaqada 15 davlat dzyudo terma jamoalari oʻz ishtirokini tasdiqlagan. Oʻzbekiston kadetlar terma jamoasi ham toʻliq tarkibda Tbilisiga yoʻl oladi. Denovdagi mashgʻulot yigʻini 9-aprelga qadar davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor