locale OZ

Dzyudo. Oʼsmirlarimiz Almaty Cadet Asian Cup 2026 turnirida 26 ta medal bilan birinchi boʼlishdi

Qozogʼistonning Аlmati shahrida oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida Beket Maxmutov xotirasiga bagʼishlab oʼtkazilayotgan Osiyo Kubogining kadetlar bahslari yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Dzyudo. Oʼsmirlarimiz Almaty Cadet Asian Cup 2026 turnirida 26 ta medal bilan birinchi boʼlishdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Qozogʼistonning Аlmati shahrida oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida Beket Maxmutov xotirasiga bagʼishlab oʼtkazilayotgan Osiyo Kubogining kadetlar bahslari yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, 12 davlat ishtirokida kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida Oʼzbekiston oʼsmirlar terma jamoasi 8 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 26 ta medalь bilan umumjamoa hisobida birinchi oʼrinni band etishdi. Qozogʼiston zaminida hammadan koʼp - 8 marotaba Oʼzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Qozogʼiston terma jamoasi 7 ta oltin, 8 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan ikkinchi oʼrinni egalladi. Bittadan oltin va bronza medalini qoʼlga kiritgan Xitoy Taypeyi terma jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.

Bugundan yoshlar oʼrtasidagi musobaqa boshlandi. Dzyudochilarimizga ikki kunlik bellashuvlarda gʼalaba va omad tilaymiz.

Almaty Cadet Asian Cup 2026. Gʻolib va sovrindorlarimiz

Oltin medal sohiblari
-
44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-57 kg: Ziyoda Javlonova
-63 kg: Parizoda Yuldasheva
-50 kg: Akbar Sharifov
-60 kg: Ozodbek Olimov
-73 kg: Toxir Qosimov
-81 kg: Jasurbek Turkmanov
-90 kg: Bilolbek Abdugapparov

Kumush medal sohiblari
-57 kg: Charosoy Oʻktamboeva
-50 kg: Safoxoʻja Sayfulloev
-66 kg: Mirsaid Joʻraev
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-90 kg: Elnur Xolmurodov
+90 kg: Alibek Durdiev

Bronza medal sohiblari
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Nozima Normurodova
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-52 kg: Nilufar Shuxratova
-63 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Dinora Samandarova
-70 kg: Ziyoda Shomurodova
-50 kg: Temurmalik Eshpoʻlatov
-66 kg: Lutfulloh Akbarov
-73 kg: Vohidjon Shermamatov
-81 kg: Shomurod Shomurodov

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting