Dzyudo. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi Toshkentda o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtga ko‘chdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Dzyudo bo'yicha bo'lib o'tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi Toshkentda o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtga ko‘chdi.
Shveysariyaning Lozanna shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etgan terma jamoamiz Toshkentga qaytdi va Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishdi.
Ma’lumot uchun, XX Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo musobaqasi 29 sentyabr — 2 oktyabr kunlari Nagoya shahridagi o‘z bag‘riga 17 000 tomoshabinni sig‘dira oluvchi "Aichi International Arena"da bo‘lib o‘tadi.