Dzyudo. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi
Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi.
Osiyo davlatlari uchun 2026 yilning muhim musobaqalaridan biri bu qit’a chempionati hisoblanadi.
16-19 aprel kunlari Xitoyning Ordos shahri kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugungacha 20 davlat terma jamoalari tomonidan jami 200 nafarga yaqin dzyudochining musobaqada qatnashishi uchun ariza berilgan.
Murabbiylar shtabi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz tarkibini tasdiqladi. O‘zbekiston terma jamoasi ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Nurbek Murtozoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurillayeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Marjona Koʻchimova
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Umida Nigʻmatova