Dzyudo. Milliy jamoamiz Slovakiya yig‘iniga jo‘nab ketdi
Sportchilar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Slovakiya poytaxti Bratislava shahriga yo‘l oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
O‘zbekiston kattalar terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish maqsadida Slovakiya poytaxti Bratislava shahriga yo‘l oldi.
Ayollar va erkaklar terma jamoalarimiz ushbu yig‘in orqali yilning asosiy musobaqalaridan biri Islom Birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlikni maromiga yetkazishadi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar IJF taqvimidan o‘rin olgan III MDH o‘yinlari, Praga shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Kubogi, "Katta Dubulg‘a" va Gran-Pri turnirlari ham bor.
Ibrohim Jalolov
Redaktor