Dzyudo. Jizzaxda Uzbekistan Judo Tour musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
"Jizzax kibersport arena"da Prezident Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etib kelinayotgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qilgan dzyudo bayramida to‘rtta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda Bahrom Botirov (Buxoro), Dilshodbek Baratov (Surxondaryo), Javohir Murodullayev (Jizzax) va Sita Kadambayeva (Xorazm) o‘z vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi.
Tantanali taqdirlash marosimida Jizzax viloyati sport boshqarmasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mas’ullari ishtirok etishdi.
G‘olib va sovrindorlar:
-60 kg vazn toifasi
1. Bahrom Botirov (Buxoro)
2. Shohjahon Davlatov (Toshkent shahri)
3. Doston Ro‘ziyev (Toshkent shahri)
3. Sanjar Saidqulov (Jizzax)
-66 kg vazn toifasi
1. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)
2. Dilshod Hamroyev (Buxoro)
3. Obidxon Nomonov (Namangan)
3. Javlonbek Qo‘ldoshboyev (Samarqand)
+90 kg vazn toifasi
1. Javohir Murodullayev (Jizzax)
2. Mirjalol Normo‘minov (Toshkent shahri)
3. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
3. Zufar O‘rolov (Samarqand)
-57 kg vazn toifasi
1. Sita Kadambayeva (Xorazm)
2. Ibadatxon Agojonova (Andijon)
3. Aselxan Aralbayeva (Toshkent viloyati)
3. Rayhona Mamatova (Jizzax)