Dzyudo. Farg‘ona viloyatida dzyudoni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi
Yig‘ilish so‘nggida Farg‘ona viloyati dzyudosi uchun yangi ijrochi direktor (Sh. Jo`rayev) tayinlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
ZOOM platformasida o‘tgan tahliliy va tanqidiy ruhdagi yig‘iishda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Baxtiyor Yuldashev hamda Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodir Hakimov ishtirok etdi.
Mutasaddilar Farg‘ona viloyatida dzyudo sport turini yanada rivojlantirish strategiyasi, bolalar o‘rtasida olimpiya oilasiga mansub ushbu yakkakurash turini ommalashtirish, 15 fevral kuni o‘tkaziladigan "Uzbekistan Judo Tour" musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi.
Yig‘ilish so‘nggida Farg‘ona viloyati dzyudosi uchun yangi ijrochi direktor (Sh. Jo`rayev) tayinlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor