Dzyudo. Dzyudochilarimiz Yangiobodda mashg‘ulot o‘tkazyapti
Toshkent viloyatining tog‘li Yangiobod bazasi terma jamoamizning kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olgan dzyudochilarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Judo Uzbekistan
Dzyudochilarimiz Yangiobodda mashg‘ulot o‘tkazyapti
Toshkent viloyatining tog‘li Yangiobod bazasi terma jamoamizning kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olgan dzyudochilarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda.
Tajribali sportchilar bilan birga yaqinda terma jamoaning asosiy tarkibiga qo‘shilgan yosh dzyudochilar ham mashg`ulotda qatnashmoqda. Yig`in tiklanish jarayoni, funksional tayyorgarlik va sparringlarni o`z ichiga oladi.
Mashg‘ulotda qatnashayotganlar orasida jarohatidan endigina qaytgan Shahram Ahadov va Shahzodxo‘ja Sharipov ham bor. Ular maxsus dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazishyapti.
Ibrohim Jalolov
Redaktor