Dzyudo. Dilafro‘z Boltaboyeva — “Milliy sport mukofoti-2025”da e’tirof etildi
Unga sovrinni Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov topshirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Kecha poytaxtimizda poyoniga yaqinlashayotgan yilimiz yakunlari bo‘yicha bir nechta nominatsiya bo‘yicha “Milliy sport mukofoti-2025” tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, "Yil kashfiyoti" nominatsiyasida Dilafro‘z Boltaboyeva g‘olib deb topildi. Unga sovrinni Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov topshirdi.
Dilafro‘z Boltaboyeva uchun 2025 yil kutilganidan ham muvaffaqiyatli keldi. U o‘smirlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempioni, Yoshlar Osiyo o‘yinlari g‘olibasiga aylandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor