locale OZ

Dzyudo. Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha jahon chempionati boshlanadi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha jahon chempionati boshlanadi
photo: Judo Uzbekistan

Bugun Bokuda dzyudo boʻyicha jahon chempionati boshlanadi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi. 11-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 93 mamlakatidan 600 nafardan ortiq sportchi, jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Musobaqada jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Umar Bozorov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-1000 kg: Toʻlqinbek Turdiyev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev

Ayollar:
-48 kg: Ulboʻsin Hakimova
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Koʻchimova
+78 kg: Umida Nigʻmatova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida -60 kg, ayollar oʻrtasida esa -48 kg toifalaridagi bellashuvlar boʻlib oʻtadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting