locale OZ

Dzyudo. Bugun Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniri start oladi

Bugun qizlar -40, -44, -48 kg, o‘smir yigitlar esa -50, -55, -60, -66 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dzyudo. Bugun Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 turniri start oladi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Birozdan so‘ng Germaniyaning Berlin shahrida o‘smirlar o‘rtasida nufuzli xalqaro turnir boshlanadi.

Dunyoning 35 davlatidan 800 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada yurtimiz sharafini Aurelian-Chiprian Flis bosh murabbiyligadiga kadetlarimiz himoya qiladi.

Bugun qizlar -40, -44, -48 kg, o‘smir yigitlar esa -50, -55, -60, -66 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov - Jolan Palmayers (Belgiya)/Duayn Krejchmar (Germaniya)
-55 kg: Bobur Yusupov - Topi Silen (Finlyandiya)
-55 kg: Shohjahon Usmonov - Ramis Asilbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-60 kg: Abubakr Sattorov - Dmitriy Lokk (Germaniya)
-60 kg: Davlatbek Ahrorov - Sebastyan Osterberg (Shvetsiya)
-66 kg: Akromjon Karimov - Maksim Garich (Serbiya)

Qizlar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova - Zahra Guliyeva (Ozarbayjon)
-44 kg: Alina Kolyucheva - Fenne Piters (Belgiya)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva - Trasey Gravenstiyn (Niderlandiya)
-48 kg: Charos Hikmatova - Yelen Kratzer (Germaniya)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting